x

Jahon yangiliklari

Turkiyaning Bursa shahrida joylashgan ustaxonada ishlovchi 15 yoshli bola yog‘och ostida qolib ketishi tufayli jarohat oldi. Voqea Mahmudiye tumanidagi mebel ustaxonasida soat 11:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Asli suriyalik bo‘lgan 15 yashar I.H. ustaxonada ishlayotgan vaqtida kesish uchun bir-birining ustiga qo‘yilgan yog‘ochlar qulab tushgan. 

Qulagan yog‘ochlar ostida qolib, jarohat olgan bolaga birinchi yordam ko‘rsatish uchun voqea joyiga tez yordam xodimlari yetib kelgan. Yordamdan so‘ng bola Inegol davlat kasalxonasiga olib ketilgan. 

Ma’lum qilinishicha, I. H. Chap oyog‘idan olgan chuqur jarohati tufayli jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilgan. Voqea yuzasidan politsiya tekshiruv olib bormoqda.

To Top ↑
To Top ↑