x

Mahalliy yangiliklar

Toshkent shahrida Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 142-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi maktabga qalbaki qurol bilan kelgani aks etgan fotosuratlar tarqaldi.

Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holatga izoh berdi. Haqiqatan ham 8-“B” sinf oʻquvchisi I.A. oʻyinchoq toʻpponchani oʻz beliga qistirib, sinf doskasi oldida turgan sahifaga joylagan. Keyinchalik bu fotosurat boshqa ijtimoiy tarmoq sahifalarida tarqalib, koʻpchilikning muhokamasiga sabab boʻlgan.

Mazkur holatdan soʻng maktab maʼmuriyati tomonidan “Oqqoʻrgʻon” mahallasi inspektori, ota-onalar ishtirokida yigʻilish oʻtkazilgan. Oʻquvchining onasi holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 47-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan. Oʻquvchining oʻyinchoq toʻpponchasi mahalla inspektori tomonidan olib qoʻyilgan.

To Top ↑
To Top ↑