Jahon yangiliklari
AQSHning Alabama shtatida bolalarning xususiy maktabda o'qishi yoki repetitorga borishi uchun davlat tomonidan 7 ming dollargacha mablag' ajratilishi taklif etilmoqda.
Alaba shtatining Vakillar palatasi ushbu dasturga 69-34 nisbatda ovoz bergan. Shuningdek, ushbu loyiha shtat gubernatori Kay Ivey tomonidan ham qo'llab-quvvatlangan.
"CHOOSE" yoki "TANLOV"deya nomlangan ushbu dastur o'quvchilarning o'z ehtiyojlariga javob beradigan sharoitda o'qish va rivojlanish imkonini berishi aytilmoqda.
Bunda dastlabki 500 ta o'rin nogironligi bor bolalarning oilalariga ajratilishi belgilangan. Bundan tashqari, oilaviy daromadi kambag'allik darajasidan 300 foizga ortiq bo'lgan oilalar uchun ushbu yordam amal qilmasligi ham ta'kidlangan. Unga ko'ra, 3 kishilik oilaning daromadi taxminan 77,460 AQSH dollaridan ko'p bo'lmasligi kerak.