“Yangi odamlar” fraktsiyasi deputatlari tomonidan Rossiya Vazirlar mahkamasiga aliment fondi tashkil etish bo’yicha tashabbus bildirilib, taklif kiritildi. Taklif mualliflaridan biri, Rossiya dumasining Fan va oliy ta’lim qo’mitasi raisi o’rinbosari Kseniya Goryachevaning tushuntirishicha, tashabbusga ko’ra farzandni tarbiyalayotgan ota yoki ona byurokratik tartib-qoidalarni chetlab o’tib, jamg’armadan pul olishi mumkin bo’ladi. Taklif xati vitse-spiker V. Davankov bilan birgalikda tayyorlangan.
Mazkur loyihaga ko'ra, endi farzandini yolg'iz tarbiyalayotgan ota yoki ona aliment olish uchun sud qarori va ijrosini kutishi kerak bo'lmaydi. Aliment ushbu fond tomonidan o'z vaqtida to'lab beriladi. Aliment to'lashi kerak bo'lgan qarzdor esa ushbu mablag'ni davlatga to'lab boradi.
Bayonotga ko’ra, to’lanmayotgan aliment qarzlari ko’p, ammo, loyiha yo’lga qo’yilsa sud ijrochilari qarzlarni undirish bo’yicha yangi usullardan foydalanadi. Hozirda mamlakatda aliment qarzdorliklari 156 milliard rublga yetgan. To’lanmayotgan alimentni osongina undirish uchun bolani tarbiya qilayotgan otalar yoki onalarga sudga murojaat qilish yo’lidan foydalanish tavsiya qilindi.
“Har bir ota-ona davlat himoyasida ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak”, – deb xulosa qildi Goryacheva.