Mahalliy yangiliklar
27-fevral kuni Chirchiq shahrida boʻlib oʻtgan viloyat Taʼlim kengashining navbatdagi yigʻilishida Zoir Mirzayev viloyatda “Telefonsiz maktab” tashabbusini ilgari surgan.
Viloyat hokimi telefon ishlatishdan voz kechgan maktabni ragʻbatlantirish uchun 300 mln berishini aytgan.
Shuningdek, yigʻilishda maktabdagi taʼlimga qarash “endi boshqacha boʻlishi”, ovqatlantirish, oʻqituvchilar saviyasi va maktabdagi sharoitlar haqida ham soʻz borgan.