x

Jahon yangiliklari

Mahalliy manbalarning ma’lumot berishicha, Turkiyaning “Kocasinan” tumanida Rihim ismli 5 yoshli bola o’z aka-ukalari bilan o’yin vaqtida, yugurayotib to’satdan yiqilib tushgan. Buni ko’rgan aka-ukalar darhol ota-onalarini chaqirishgan. Voqea joyiga politsiya va tibbiyot guruhlari jo’natilgan. Shifokorlar o’tkazgan tekshiruvlardan so’ng, 5 yoshli bolaning joni allaqachon uzilgani ma’lum bo’ldi

Mazkur voqea tasvirlari yaqin atrofdagi xavfsizlik kameralari yozuviga tushib qolgan. Bolaning jasadi tekshiruv uchun sud-tibbiy ekspertizasiga olib ketilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑