x

Jahon yangiliklari

Turkiyaning Esenyurt shahrida 12 yoshli bola oziq-ovqat do’konidan soda sotib olayotgan vaqtda begona erkak tomonidan kaltaklandi. Bolaning oilasi bergan arizadan so’ng, ayblanuvchi shaxs qidiruvga berildi.

Voqea tushlik vaqtida, oziq-ovqat do’konida ichida sodir bo’lgan. 12 yoshli M.F.A. do’kondan narsa sotib olayotganda, uning yoniga kelgan noma’lum shaxs “Parkda mening boshimga urgan senmiding?” deb do’pposlay ketgan. Do’kon egasi o’rtaga tushib ularni ajratib olgan. Bolani kaltaklagan shaxs voqea joyidan qochib ketgan. Bolaning tanasidagi ko’karish va jarohat izlari sababli qarindoshlari tomonidan shifoxonaga olib borilgan. 

Voqea tasvirlari do’konning kuzatuv kameralari yozuvlariga muxrlanib qolgan. Kadrlarda bolaga qayta-qayta musht tushirilganini ko’rish mumkin.

To Top ↑
To Top ↑