x

Maʼlum boʻlishicha, chaqaloq Yekaterinburgdan Toshkentga qilingan parvoz chogʻida 10 ming metr balandlikda dunyoga kelgan. 

Styuardessa toʻlgʻoq alomatlari maʼlum boʻlgach ovoz kuchaytirgich orqali hammaga murojaat qilib, yoʻlovchilar orasidan shifokorlarni topishga harakat qilgan. 

Bortdagi yoʻlovchilar orasida shifokorlar boʻlmagani uchun styuardessalar ularning vazifasini bajarishiga toʻgʻri kelgan.

Samolyotda boʻlgan yoʻlovchilardan birining oʻz blogida ulashgan xabariga koʻra, toʻlgʻoq samolyot 10 ming metr balandlikka koʻtarilganda boshlangan. Avvaliga ayol oʻzini yomon his qilganidan shikoyat qilgan.

“Bolaning onasi oʻzbekistonlik. Oʻzbekistonliklar yana bittaga koʻpaydi”, degan yoʻlovchi yigit oʻz xabarida.

To Top ↑
To Top ↑