x

Jahon yangiliklari

10 yoshli ukrainalik qochqin qizaloq o’z tengdoshlari, bolalar uchun motivatsion kitob yozdi. Uning kitobida tushkunlikka tushmaslik, qiyinchiliklar sizni sindirishiga yo’l qo’ymaslik va ularni yengib o’tish haqida ta’sirli hikoyalar o’rin olgan.

Rossiya-Ukraina o’rtasidagi urush boshlanishidan avval ushbu yosh yozuvchi qizaloq Kievda yashar edi. U urush sababli onasi bilan, o’z uyini tashlab ketishga majbur bo’lgan.  Hozirda ular Germaniyaning Kyoln shahrida istiqomat qilishmoqda. Katerina o’zi boshidan o’tgan qiyinchiliklardan ta’sirlanib, yuqorida tilga olingan ruhlantiruvchi kitobni yozishga ahd qildi. 

“Bu kitob o’zingizga qanday yordam bera olishingiz haqida. Undan biroz bo’lsa-da dalda va ruhlanish olishingiz mumkin”,- deydi muallif. Kitob urushning 2 yilligi arafasida ukrain va nemis tillarida nashr etildi.

To Top ↑
To Top ↑