x

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida 10-sinf o‘quvchisi direktor o‘rinbosarini urib, ko‘zini chiqarib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Shahar hokimligi axborot xizmati (!) holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, 2024 yil 19 fevrali kuni Shahrisabz shahar “Kamolot” MFYda yashovchi Sh.K. viloyat IIBga murojaat qilgan. Uning murojaati yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilganda quyidagilar aniqlangan:

2024 yil 19 fevral kuni soat 10:45 lar atrofida Shahrisabz shahar 1-sonli maktabda, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.K. dars vaqtida o‘quvchilar darsga kirmasdan qor o‘ynayotganda ularni sinfxonaga kirgizmoqchi bo‘lgan.

Shu paytda 10 f-sinf o‘quvchisi J.B. Sh.K.ga qarshilik ko‘rsatgan. Shundan so‘ng Sh.K. o‘quvchini xonasiga olib kirib gaplashgan va J.B.ni urgan, shunda o‘quvchi ham direktor o‘rinbosarining yuz qismiga musht tushirgan.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda o‘quvchi va o‘qituvchi shifoxonaga yotqizilgan. Shahrisabz shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑