x

Rossiyaning Samara viloyatida basseynga borgan bolalar yordam so'rab murojaat qilgan va ushbu holat bo'yicha viloyat prokuraturasi tergov ishlarini boshlagan.

Ma'lum bo'lishicha, bolalar suzishdan so'ng o'zlarini yomon his qila boshlagan. Ulardan to'rt nafari esa kasalxonaga yotqizilgan. Shu sabab prokuratura sanitariya-epidemiologiya qonunchiligiga rioya etilishini tekshirishni boshlagan.

Dastlabki tergov ma'lumotlarida qayd etilishicha, bolalar xlordan zaharlangan bo'lishi mumkin. 

Manbalar cho'milishga borgan bolalarning 4-11 yoshda ekani va 2 nafarining ahvoli og'ir ekanini ma'lum qilgan.

To Top ↑
To Top ↑