Jahon yangiliklari
Qozog’iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev “Bolalar ta’limi va xavfsizligi to’g’risida”gi qonunga imzo chekdi. Parlament Senati veb-saytida ta’kidlanishicha, qonun o’quvchilarning dars vaqtida mobil telefondan foydalanishini qonuniy ravishda taqiqlashni nazarda tutadi. Faqatgina qisqa muddatli o’quv dasturida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Shu bilan birgalikda, “tarmoq maktablari”, “ta’lim sifati”, “ta’lim sifati madaniyati” kabi g’oya va tushunchalarni ham amalda tatbiq etish rejalashtirilgan. Ushbu normalarning qonunchilikka kiritilishi ta’lim dargohlarida o’quv sifatini oshirishga yordam beradi.