Mahalliy yangiliklar
Avvalroq, Jizzax viloyatida bogʻcha bolasi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Bolaning jasadi dala maydonidan oqib oʻtuvchi ariqdan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Joriy yilning 15-fevral kuni soat 09:00 larda viloyatning Doʻstlik tumanida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari nazoratsiz qoldirishi oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola tashkilot hovlisidan chiqib ketgan.
Shu kuni soat 13:00 larda 1 nafar 2021-yilda tugʻilgan qiz bogʻchadan taxminan 1 km uzoqlikdagi fermer xoʻjaligi maydonidan oqib oʻtuvchi ariqdan vafot etgan holda topilgan.
Mazkur holatda Jinoyat kodeksining 192-11 (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 207- (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligini, holat boʻyicha bir qator tergov harakatlarini oʻtkazmasdan turib qonuniy toʻxtamga kelib boʻlmasligini inobatga olib, jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmokda.