Jahon yangiliklari
Vengriya bosh vaziri 14 yillik faoliyati davomida eng katta siyosiy inqirozga yuz tutmoqda. Bundan bir necha kun avval Vengriya Prezidenti Katalin Novak bolaga jinsiy zo’ravonlik holati bilan bog’liq muammo tufayli iste’foga chiqishga majbur bo’lgan edi. Ushbu holatning keyingi nishoni vazir Viktor Orban bo’lib turibdi.
Mehribonlik uyidagi bolaga nisbatan sodir etilgan jinsiy tajovuz kechirib yuborilishiga qaratilgan noroziliklar to’lqini mamlakatda hali ham davom etmoqda. Yuzlab namoyishchilar Budapesht ko’chalariga chiqib bosh vazirdan iste’fo talab qilishmoqda.
Vengriya hukumati jinsiy zo’ravonlikni yashirgan shaxs avf etilgani fosh bo’lgach muammolar va noroziliklar girdobiga tushib qoldi. 2010-yilda hokimiyat tepasiga kelgan Orban o’z faoliyatini davom ettirishga bo’lgan jiddiy tahdid ayni kunlarda sodir bo’lmoqda. Senzura, OAVlarning ovozini “o’chirish”ga qaratilgan qonunlarni qabul qilish orqali o’z partiyasi mashhurligni mustahkamlab olgan bosh vazir bugunga kelib siyosatchilar va xalq tomonidan qoralanmoqda. Prezident Katalin Novakning chekinishi ham kutilmagan siyosiy o’zgarishlardan biri bo’ldi. Chunki u Orbanning eng yaqin ittifoqchisi, hukumat targ’ibotidagi konsevativ, nasroniy qadriyatlarning timsollaridan biri edi.