Jahon yangiliklari
Turkiyaning Mersin shahrida farzandiga yomon munosabatda bo’lgan ona politsiya xodimlari tomonidan qo’lga olindi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ona o’zining 3 yashar bolasini alkogol sotiluvchi joyga olib borib, spirtli ichimlikni iste’mol qilishga majburlagani aks etgan videolar tarqaldi. Vaziyat bo’yicha ularning qo’shnilari ariza bilan tegishli organlarga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura ko’rsatmasiga binoan IIB surishtiruv ishlarini boshladi. Shaxsi aniqlangan Ch.M.O’. ismli ayol “oila qonunchiligdan kelib chiquvchi majburiyatni buzish, zo’ravonlik qilish va jarohat yetkazish ayblari bilan qo’lga olingan. Gumonlanuvchining 3 yoshli qizi Oila va ijtimoiy xizmatlar viloyat boshqarmasiga qarashli muassasaga joylashtirildi.