x

Qorakoʻllik sobiq bitiruvchilar oʻzlari oʻqigan maktabga 50 million soʻmlik homiylik yordami koʻrsatdi.

Taʼkidlanishicha, Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumanidagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabining sobiq oʻquvchilari oʻzlari oʻqigan maktabning taʼmirga muhtoj qismlarini taʼmirlashga bosh-qosh boʻlish tashabbusi bilan chiqishgan.

Maktab direktori Umid Nurovning maʼlum qilishicha, 50 million soʻm mablagʻ maktab binosining ichki va tashqi qismlari, jumladan, faollar zali, hojatxonalar hamda maktab hovlisidagi favvorani taʼmirlashga sarflanadi.

“Tumanning Sayyod mahallasida joylashgan maktabimiz 1926-yilda tashkil topgan. 1176 oʻquvchi oʻrniga ega. Toʻgʻrisi, maktabimizning taʼmirga muhtoj qolgan qismlari talaygina. Uni taʼmirlashda maktabimiz sobiq bitiruvchilarining ixtiyoriy ravishda tashabbus bilan chiqib, koʻmak koʻrsatishgani, toʻgʻrisi, biz uchun kutilmagan quvonch boʻldi”,- dedi maktab direktori Umid Nurov.

To Top ↑
To Top ↑