Jahon yangiliklari
Buyuk Britaniya maktablarida telefonlardan foydalanish toʻliq taqiqlandi, deb yozmoqda “The Times” nashri.
Taʼlim vazirligining maʼlum qilishicha, qirollikda 12 va undan katta yoshdagi bolalarning 97 foizi shaxsiy qoʻl telefoniga ega. Tadqiqotlar natijasida, mobil qurilmalardan foydalanish taqiqlangan maktablarda taʼlim sifati yaxshi ekani aniqlangan.
“Yangi tartibga koʻra, tanaffus paytida ham mobil telefonlardan foydalanish cheklanadi”, deyiladi bu haqdagi xabarda.
Shuningdek, smartfonlar maktabga umuman olib kelinmasligi yoki maktabga kiraverishdagi qulflanadigan qutilar, shkaflar yoki seyflarda qoldirilishi mumkin.
Yangi qoidalar, shuningdek, oʻqituvchilarga bolalar ryukzak va sumkalarini tekshirish huquqini beradi, musodara qilingan qurilmalarning yoʻqolishi yoki shikastlanishi uchun ota-onalarning daʼvolaridan qonuniy himoya qiladi.
Taqiqni buzgan va telefonni maktabga olib kelgan oʻquvchilar jazo sifatida darsdan keyin qoldiriladi va gadjet nomaʼlum muddatga musodara qilinadi.