x

Jahon yangiliklari

Turkiyaning Diyarbakir shahrida joylashgan “Fotih” jome’ masjidiga bir guruh bolalar kirib o‘ynay boshlagan. Shu vaqtda masjidga kelgan 72 yoshli S.S. ismli shaxs bolalarni jim bo’lishga chaqirgan. Ogohlantirishlarga qaramay, baqir-chaqir bilan o’ynashda davom etgan bolalardan g’azablangan S.S. jahl ustida pichoq bilan qo’rqitmoqchi bo’lgan. 

Ushbu voqea xavfsizlik kameralari xotirasiga muhrlanib qolgan. Bundan xabar topgan politsiya xodimlari tergov ishlarini boshlab, yuqorida ismi zikr etilgan shaxsni qo’lga olishgan. Gumonlanuvchi ustidan surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Diyarbakir shahri IIB tomonidan quyidagicha bayonot berildi: “Baglar tumanidagi masjid eshigi oldida o’ynagan bolalarni pichoq tortib qo’rqitgan fuqaro xavfsizlik kuchlarimiz tomonidan qo’lga olindi”.

To Top ↑
To Top ↑