x

Asli qashqadaryolik boʻlgan, Rossiyaning Moskva viloyatida ishlab yurgan ayol giyohvand modda savdosida gumonlanib, ushlangan. Xabarga koʻra, u 4 oy oldin Qozon shahrida qoʻlga olingan. Holatning aniq tafsilotlari hozircha maʼlum emas.

Ayol ikki qizi bilan yashagan. U ushlangach, qizlari qarovsiz qolgan. Ayolning tanishlari Oʻzbekistonga qoʻngʻiroq qilib, qizaloqlarning bobosi va togʻasi bilan gaplashishgan. Ular bolalarni Oʻzbekistonga joʻnatib yubormoqchi boʻlishgan. Ammo negadir ularni na bobosi, na boshqa yaqinlari qabul qilishni istamagan.

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova vaziyat oʻrganilib, bolalarni Oʻzbekistonga qaytarish choralari koʻrilishini bildirdi.

To Top ↑
To Top ↑