15-fevral kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2−3 nafar bola nazoratsiz qolishi tufayli ko‘chaga chiqib ketgan. Ularning biri ariqqa tushib ketib, vafot etgan. Holat yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Maktabgacha ta’lim agentligi mazkur bog‘cha yopilishini ma’lum qildi.
Agentlikning qayd etishicha, mazkur oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan 2023-yil aprel oyida tuzilgan bitimda quvvat 18 o‘rin deb belgilangan.
“Bolalar bog‘chasi” maxsus axborot tizimida haqiqatdan 15-fevral holatiga bolalar soni 18 nafarni tashkil etgan. Ammo vafot etgan bola B.P. tashkilotga qatnovchi bolalar ro‘yxatiga kiritilmagan, ya’ni noqonuniy tartibda qatnagan.