Jahon yangiliklari
Rossiyaning Leningrad viloyatida 4 yoshli qizaloq 20-qavatdagi xonadon derazasidan pastga qulab, vafot etgan.
"Ota-onasi ishda bo'lgan chaqaloq yolg'iz qolib, nazoratsiz bo'lgan. Bola oshxonada bo'lganida ochiq derazadan yiqilib tushgan", – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bolalar o'limiga ko'pincha kattalarning e'tiborsizligi sabab bo'ladi. Shuning uchun ota-onalar farzandlarini qisqa muddatga ham ko‘zdan uzoqlashtirmaslikka chaqirilgan .
Yuqoridagi voqea sodir bo'lgan vaqtda bolaning ota-onasi birinchi qavatdagi bir uyda bo'lgani ma'lum qilingan.