x

Jahon yangiliklari

Moskva yaqinidagi Chexov shahrida istiqomat qiluvchi 34 yoshli ayol 13-farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda Vidnovskiy perinatal markazi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qolaversa, ushbu tug’ruq “sehrli raqamlar” bilan ham bog’liq. Shifokorlar bergan ma’lumotlarga ko’ra, ayol 13-fevral kuni, soat 13:00 da 13-marta ona bo’ldi. Chaqaloq og’irligi 3790 gramm, bo’yi 57 santimetr, sog’lom holatda tug’ilgan.

“Erim bilan oilamiz katta bo’lishini reja qilmagan bo’lsak-da, bu sodir bo’ldi. Va biz bundan juda xursandmiz. Uyingizda bolalaringiz ko’p bo’lishi - ajoyib”,- deydi ko’p bolali ona.

Shu bilan bir qatorda, u o’zi yetti opa va aka-uka, turmush o’rtog’i esa 18 farzand bilan oilalarida katta bo’lganini ta’kidladi. 

Bundan avval Moskvada 41 yoshli ayol 12-farzandini dunyoga keltirgan edi.

To Top ↑
To Top ↑