Jahon yangiliklari
Turkiyaning Siirt shahirda obodonlashirish ishlari olib borilayotgan hududda bola ehtiyotsizlik natijasida suv qudug’iga tushib ketdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, 10 yoshli Mirach ismli bola o’zi yashovchi tumanda amalga oshirilayotgan o’zgartirish ishlari hududidagi suv qudug’iga yiqilib tushgan. Bola vaziyatdan xabar topgan fuqarolar va shahar mas’ullari tomonidan arqon yordamida chiqarib olindi. Tibbiyot xodimlari ko’rsatgan birinchi yordamdan so’ng, bola Siirt shahrida joylashgan o’quv va tadqiqot shifoxonasiga muolaja uchun joylashtirildi.
Hozirda uning ahvoli yaxshi ekanligi ma’lum qilindi. Rasmiylar mazkur hududdagi fuqarolarni obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan joyga kirmaslik haqida ogohlantirdi.