x

Mahalliy yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Viloyat prokuraturasining ma'lum qilishicha, 15 fevral kuni Do‘stlik tumanidagi mahallalarning birida joylashgan “N.Sh.” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi nazoratsiz qolishi oqibatida chiqib ketib, vafot etgan.

Holat yuzasidan Do‘stlik tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑