x

Jahon yangiliklari

Tramvayda harakatlanish vaqtida 15 yoshli qizga tegajoqlik qilgan shaxs 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Holat Turkiyaning Eskisehir shahrida sodir bo’lgan. Ayblanuvchi 34 yoshli, asli turkiyalik bo’lmagan Abdulhadi ismli xorij fuqarosi bo’lib o’tgan voqeadan so’ng politsiya tomonidan hibsga olinib, sud binosiga jo’natilgan.

Og’ir jinoyatlar bo’yicha shahar sudida bo’lib o’tgan majlisda hibsdagi sudlanuvchi A.R., advokatlar hamda jabrlanuvchi qizning oilasi ishtirok etdi. Sud hay’ati hukm chiqarishdan avval sudlanuvchidan so’ngso’z so’raganida, aybdor hodisa vaqtida o’zida bo’lmagani va nima qilganini eslay olmasligini ta’kidlagan. 

Shundan so’ng, sud o’z qarorini e’lon qilib, xorij fuqarosi A.R. ga nisbatan “Bolaga zo’ravonlik yo’li bilan jinsiy tegajoqlik qilish” jinoyati ayblovi bilan 5 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

To Top ↑
To Top ↑