Rossiya Bosh vaziri o’rinbosari T. Golikovaning bayonot berishicha, mamlakatda so’nggi besh yilda ichida ko’p bolali (3 va undan ko’p farzandli) oilalar soni 2,3 milliontaga yetgan. Bu o’sish ko’rsatkichi 27 foizga teng. Hozirda rus oilalarining soni 24,5 milliontani tashkil etadi va ularda 30 million bola tarbiyalanmoqda. Ushbu statistika bosh vazir o’rinbosari tomonidan oila yiliga bag’ishlangan taqdimotda ma’lum qilindi.
Qolaversa, oilalar soniga nisbatan bolalar miqdori yetarli emasligini ta’kidlandi.
“Ko’p bolali oilalar yanada ko’proq bo’lishini ta’minlashga harakat qilishimiz va yurtimizdagi oilalar farovon yashashi uchun barcha zarur ishlari amalga oshirishimiz zarur”,- deydi Galikova.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ta’kidlashicha, katta oilalar mamlakat uchun albatta qaytishi kerak bo’lgan an’ana. Hukumat tomonidan shunday oilalarni qo’llab-quvvatlash o’laroq, maxsus mukofotlar uchun ajratiladigan mablag’lar miqdori ham sezilarli darajada oshirildi. 2024-yil Rossiyada “Oila yili” deb e’lon qilinishi ham bejiz emas. Bu bo’yicha yil boshida maxsus tashkiliy qo’mita ham tuzilgan bo’lib, Tatyana Galikova mazkur qo’mitaning raisi etib tayinlangan.