x

Jahon yangiliklari

Rossiyaning Tver shahridagi stomatolog qabuliga borgan 3 yoshli qizcha vafot etgani xabar qilindi. 2020-yilda tug'ilgan qizaloqqa narkoz qilinadi. Tergov qo'mitasining Tver viloyat boshqarmasi bergan ma'lumotga ko'ra qizaloqqa berilgan behushtlik dozasi oshirib yuborilgan va oqibatda uning yuragi ishdan chiqib, o'pkasi shishib ketgan.

"Muolaja oxirida hushsiz yotgan qiz qayta uyg'onmadi. Shuning uchun uni zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi. Ammo qizcha qaytib uyg'onmadi va halok bo'ldi", – deydi tergov bo'limi boshlog'ining katta yordamchisi Valeriya Pavlova.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 238-moddasi 2-qismi bilan (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko'rsatish bo'yicha) jinoiy ish qo'zg'atilgan. 

To Top ↑
To Top ↑