x

Jahon yangiliklari

Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Asbest shahridagi maktablarning birida o‘qituvchi ikkinchi sinf o‘quvchisining qo'lini sirkul bilan 27 marta teshgani haqida xabarlar tarqaldi.

O‘quvchining g‘azablangan ota-onasi yaralangan o‘g‘lida 27 ta teshilgan jarohatni sanab chiqqan. Bolaning otasining aytishicha, o'qituvchi ayol shunday qilib bolasiga saboq bermoqchi bo'lgan.

"Dars boshlanganda, o'qituvchi sirkulni olib, o'quvchini qo'lidan mahkam ushlab, kaftini igna bilan teshgan". – dedi erkak.

Ma'lum bo'lishicha jabrlanuvchi bir sinfdoshi bilan janjallashib uning qo'lini tirnab olgan. Shundan so'ng o'qituvchining jahli chiqib sirkul bilan unga "dars bergan".

O'qituvchi ushbu tajovuzkor harakatlarini "hissiyotlarga berilib, o'zini boshqara olmagani" bilan izohlagan. Bolaning qo'liga esa atigi 6 marta urganini ta'kidlagan. 

Ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.

To Top ↑
To Top ↑