Mahalliy yangiliklar
O‘zbekistonda 2023-yilning 11-avgustidan beri davom etayotgan “Dok-1 Maks” ishida muzokara jarayonlari boshlangani haqida xabar berilgandi. Bugungi sud majlisida prokuror marhum bolalarning o‘limi uchun tovon puli undirish haqida ham gapirdi.
Sudda so‘z olgan davlat ayblovchisi muzokara so‘zida 68 nafar marhum, 16 nafar nogiron bola uchun jabrlanuvchilarning vakillariga 100 million so‘mdan tovon puli to‘lab berishni so‘radi. Qolaversa, 2 nafar yengil tan jarohati olgan bolalar uchun esa 20 million so‘mdan tovon puli undirishni talab qildi. U bu tovon pullari sudlanuvchilar hisobidan qoplanishi lozimligini bildirdi.
Prokurorning aniqlik kiritishicha, tovon puli sifatida ko‘rilayotgan 8 milliard 440 million so‘m 8 nafar sudlanuvchi hisobidan undirilishi kerak.