x

Jahon yangiliklari

Xitoy ommaviy axborot vositalarining ma'lum qilishicha, 2021-yilda 27 yoshli Chjan Bo ismli oilali erkak Ye Chengcheng ismli qiz bilan ishqiy munosabatlarni boshlaydi. Biroz vaqtdan so'ng qiz sevgilisi uylangani va ikki nafar bolasi borligini bilib qoladi va undan ajrashishni talab qiladi. Erkak ham bunga rozi bo'ladi.

Sud qaroriga ko'ra, Chjan Boning 2 yashar qizi onasi bilan qolgan, 1 yoshli o'g'li esa otasi qaramog'ida bo'lgan. Chjan Bo qizini ham tez-tez yo'qlab turgan. Biroq Ye Chengchengga bu yoqmagan. U sevgilisiga o'z joniga qasd qilishi haqida aytib tahdid qiladi va bolalardan qutulish kerakligini ta'kidlay boshlaydi. Chjan Bo ham unga rozilik bildiradi.

Keyinroq 15-qavatdagi xonadon derazasidan 2 bolaning uloqtirilishi ikki norasidaning o'limi bilan yakun topadi. Qo'lga olingan Chjan Bo hamda Ye Chengcheng 2021-yilning dekabrida o'lim jazosiga hukm qilinadi.

Ma'lum bo'lishicha, aybdorlarga nisbatan belgilangan hukm 2024-yilning 31-yanvar kuni amalga oshirilgan. Xabarlarda nima sababdan jazoning ijrosi kech amalga oshirilgani ochiqlanmagan.

Ma'lumot uchun: Xitoyda o'g'ir jinoyatlar uchun o'lim jazosi tayinlanadi.

To Top ↑
To Top ↑