x

Jahon yangiliklari

Turkiyaning Bursa shahrida 15 yoshli bola o’gay otasini pichoqlab o’ldirdi. Holatga sabab bolaning o’ziga va onasiga qilingan zo’ravonlik deya xabar berilmoqda.

Voqea tafsilotlariga ko’ra, giyohvand moddalar sababli muqaddam sudlangan Erol Kutlu bilan diniy nikohda yashagan H.D. o’rtasida noma’lum sabablarga ko’ra kelishmovchilik kelib chiqqan. Shundan so’ng ayolning avvalgi turmushiga tegishli 15 yoshli farzandi marhumga pichoq bilan hujum qilgan. 

Atrofdagilarning xabaridan so’ng manzilga politsiya va tibbiyot xodimlari yetib borgan. E. Kutlu zudlik bilan shahar kasalxonasiga olib borilgan bo’lsa-da, qutqarib qolishning imkoni bo’lmagan.

Ayblanuvchi bola o’gay otasi o’zi va onasiga doimiy ravishda zo’ravonlik qilishi va kaltaklashi tufayli oshxona pichog’i bilan hujum qilganini tan oldi. Bola hozirda sud tomonidan hibsda saqlanmoqda.

To Top ↑
To Top ↑