x

Jahon yangiliklari

Buyuk Britaniya Politsiyasi ma’lum qilishicha, mamlakatning kiberxavfsizlik bo’yicha faoliyat yurituvchi maxfiy xodimlari bolalarga nisbatan jinsiy zo’ravonlikda gumonlangan ijtimoiy tarmoqlardagi 1600 kishini qo’lga oldi. Ushbu harakatlar 1 yil davomida amalga oshirilgan.

Xabarda ma’lum qilinishicha, jinoyatchilar turli ijtimoiy tarmoqlarda bolalarga nisbatan tajovuzlarni amalga oshirgan. Jumladan, aldash, rasmlarni tarqatish, qo’rqitish, oila a’zolarini o’ldirish bilan tahdid qilish va h.k. Politsiya xodimlari, asosan, soxta profil ochgan holda ko’plab jinoyatchilarni tuzoqqa tushirgan. 

“Bolalarni himoya qilish hamma uchun ustuvor vazifa bo’lishi kerak va biz barcha uchun xavsiz bo’lgan, istagan odam foydalanishi mumkin bo’ladigan vaziyatni yaratish, xavfsiz kelajakni qurish uchun turli sohalarda birgalikda ishlashimiz kerak”, — deya bayonot beradi IWE bosh ijrochi direktori.

To Top ↑
To Top ↑