Rossiyaning Pskov viloyatida homilasini oldirish istagida bo'lgan ayollarni bu yo'ldan qaytargan shifokorlarga bonus berish rejalashtirilmoqda.
Viloyat rahbarlari ayollarni homilasini dunyoga keltirishga ko'ndirgan shifokorlarga 5 ming rubl berishni yo'lga qo'ymoqchi. Avvalroq Tatariston hukumati ham ushbu amaliyot uchun 30 ming rubl va'da qilgan edi.
Ta'kidlanishicha, bunday qaror tibbiyot xodimlarining tug‘ilmagan bolalar hayotini saqlab qolish uchun motivatsiyasini oshiradi.