Jahon yangiliklari
Xitoylik olimlar tomonidan ishlab chiqarilgan dunyodagi birinchi sun’iy intellekt bola 3-4 yoshli bolalar kabi hissiy rivojlanish va qobiliyatlarga ega. Uning ismi “TongTong” bo’lib, “kichik qiz” degan ma’noni anglatadi. Ushbu ism unga Pekin Bosh Sun’iy intellekt Instituti (BIGAI) olimlari tomonidan berilgan.
Mazkur sun’iy “qizaloq”, dastlab, FGAI texnologiyalar ko’rgazmasida ilk bor namoyish etildi. TongTong raqamli soha bilan cheklangan bo’lsa-da, u hissiyotlarga hamda 600 dan ortiq so’zlarni bola kabi mustaqil ravishda o’rganish qobiliyatiga ega. U hozirda 3-4 yoshli bola kabi o’zini tutadi va gapiradi. Ayni vaqtda imkoniyatlari cheklangan bo’lishiga qaramay yaqin kelajakda yanada takomillashishi kutilmoqda.
Olimlarning so’zlariga ko’ra, TongTong o’zidan avvalgilarga nisbatan misli ko’rilmagan ravishda hissiyotlarini real namoyish eta oladi. Qolaversa, u aqlga ega va insonlar o’rgatgan sog’lom fikrni tushunishga harakat qiladi, yaxshi-yomonni ajrata oladi, turli vaziyatlarga o’z munosabatini bildiradi.
Namoyishda uning qobiliyatlaridan ko’rsatilgan – to’kilgan sutni artib olish, qiyshiq turgan portretni hech kim buyurmasa ham to’g’rilab qo’yish va boshqa xislatlari qatnashchilarni lol qoldirdi.