Ma’lumki. dunyo aholisi soni o’limga nisbatan tug’ilish soni ko’proq bo’lgan holatda o’sishga erishadi. Biroq, umumiy statistikadan farqli ravishda davlatlar kesimida vaziyat turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Ya’ni, ba’zi mamlakatlar aholi soni ko’payib ketayotgani uchun tug’ilishni kamaytirishga harakat qilayotgan bo’lsa, ba’zi davlatlar esa aholi sonini oshira olmay halak.
Masalan, bir necha yillar avval o’z hududida “yakka bolalik” tizimini o’rnatgan Xitoy hukumati, yaqinda aholidan ko’proq farzand ko’rishni so’rab chiqdi. Bunga sabab, tug’ilish kamaygani uchun yaqin kelajakda aholi soni pasayib ketish xavfi borligida. Quyida, shu kabi odamlari kamayib ketishi taxmin qilinayotgan davlatlarning ro’yxatini keltiramiz.
2020-2050-yillarda aholisi eng tez qisqarishi kutilayotgan 10 davlat (BMT):
- 10. Albaniya – 15,8%
- 9. Yaponiya – 16,3%
- 8. Moldova – 16,7%
- 7. Xorvatiya – 18%
- 6. Bosniya va Gertsegovina – 18,2%
- 5. Serbiya – 18,9%
- 4. Ukraina – 19,5%
- 3. Latviya – 21,6%
- 2. Litva. – 22,1%
- 1. Bolgariya – 22,5%