x

Turkiyaning Antaliya shahrida 12  yoshli qizga nisbatan “jinsiy zo’ravonlik” aybi bilan 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan va bir yil davomida qidiruvda bo’lgan 48 yoshli erkak Bursa shahrida qo’lga olindi. 

Antaliyaning Alaniya tumanida sodir bo’lgan voqeaga ko’ra, 12 yoshli qizga jinsiy tajovuz qilgani iddaosi bilan qo’lga oligan Sedat Ozdemirga nisbatan “bolaga nisbatan og’ir jinsiy zo’ravonlik qilish” ayblovi bilan sudga berilgan. 

Sud jarayonida yakunida ayblanuvchi 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Shuningdek, hibsga olinmasdan sudlangan mazkur fuqaroni qo’lga olish uchun delegatsiyaga order ham berilgan. 

1 yil davomida qidiruvda bo’lgan ayblanuvchi kecha tunda Bursa shahrida politsiya tomonidan qo’lga olindi. Fuqaro amalga oshirilgan ba’zi tibbiy muolajalardan so’ng sud binosiga yuborildi.

To Top ↑
To Top ↑