x

Jahon yangiliklari

Turkiyaning Bartin shahrida harakatlanayotgan avtomobilning orqa eshigidan 7 yoshli bola yiqilib tushdi. Voqea Bartin – Anqara yo’lining kesishmasida sodir bo’ldi. 

Mashinaning orqa o’rindig’idan joy olgan bolakay eshik to’satdan ochilishi natijaasida yerga qulagan. Vaziyatni anglab yetgan haydovchi darhol avtomobilni to’xtatib, yiqilgan bola tomonga yugurdi. Hodisa oqibatida bola hech qanday jarohat olmagan va ular mashinaga qaytib, yo’lda davom etishgan. Haydovchining ism-sharifi noma’lum. 

Voqea sodir bo’lgan lahzani boshqa transport vositasining kamerasi yozib olgan.

To Top ↑
To Top ↑