Jahon yangiliklari
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ekspertlari Rossiyani ukrainalik bolalarni deportatsiya qilinishi va maktablardagi “harbiy kun tartibi” yuzasidan javobgarlikka tortmoqda.
Bola huquqlari bo’yicha qo’mita o’tgan oy Jenevada ikki kunlik o’rganish o’tkazib, o’z xulosalarini taqdim etdi. Mustaqil ekspertlardan iborat 18 kishilik qo’mita Rossiyaning bolalar huquqlari bo’yicha tekshiruvni so’nggi marotaba 10 yil avval o’tkazgan edi. Shuningdek, hay’at Rossiya hukumatini Vladimir Putinning bola huquqlari bo’yicha komissariga qarshi urush jinoyati ayblovlarini tekshirishga chaqirdi.
2023-yilning mart oyida Xalqaro jinoiy sud Putin va uning bolalar huquqlari bo’yicha komissari M. Lyovani ukrainalik bolalarni o’g’irlashda ayblab, hibsga olish uchun order bergan edi. BMT mutasaddilari yakuniy kuzatuvlarida Lyovaning javobgarligi haqidagi da’volardan “chuqur xavotirda” ekanliklarini bildirib, Rossiya hukumatini mazkur ish yuzasidan tekshiruv olib borishni so’radi.
Ma’lumotlarga ko’ra, 2022-yil fevral oyida Rossiya qo’shinlari Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida 4,8 million aholi, jumladan, 700 ming bola mamlakatga deportatsiya qilingani xalqaro tanqidlarga uchradi. Bundan tashqari, maktablarda Ukrainadagi urush haqida keng tarqalgan va tizimli davlat tashviqoti”, shu qatorda yangi tarix darsligi va hukumtning mojaro bo’yicha pozitsiyalarini o‘qitish bo’yicha yangi qo’llanma chiqarilishi keskin qoralandi. BMT hay’ati Rossiyani siyosiy va harbiy dasturni aks ettrish uchun maktab darsliklarini qayta chiqarishdan qaytardi.
Shuningdek, qo’mita ukrainalik o’ldirilgan askarlar bolalariga jinsiy va jismoniy tajovuzlar borasida o’z xavotirini bildirdi. Maktab va shifoxonalarga uyushtirilgan hujumlar natijasida vafot etgan ko’p sonli bolalarni hisobga olib, Rossiya qora ro’yxatga kiritilgan edi.