Moskvada 7-fevral kuni 3 yoshli (2021-yilda tug'ilgan) qizaloq ko'p qavatli binoning 4-qavatidan qulab tushib, tirik qoldi.
Poytaxt prokuraturasining ma'lum qilishicha, bola qalin qor ustiga yiqilib, omon qolgan. Shifoxonaga ko'rik uchun olib borilgan qizaloqda jiddiy jarohatlar aniqlanmagan.
Qayd etilishicha, bolaning onasi uni bir necha daqiqaga e'tiborsiz qoldirgan va bola derazani ochib, pastga qulagan. Qalin qor esa qizaloqning nisbatan "yumshoqroq" yiqilishi va jarohat olmasligiga sabab bo'lgan.