x

Turkiyada avtomobil o’g’irlagan 14 yoshli bola o’zini-o’zi politsiyaga tutib berdi. Buni garchi o’zi istamagan bo’lsa-da, vaziyat uning qo’lga tushishiga sabab bo’ldi.

Voqea aslida qanday sodir bo’ldi? 
14 yoshli bola Turkiyaning Gulabibey tumani, “Millet” ko’chasida 77 yoshli fuqaroga tegishli qulflanmagan holda qoldirilgan mashinani olib qochib ketgan. O’g’irlangan transport vositasi bilan shahar ko’chalarini sayr qilayotgan “yosh uddaburon o’g‘ri” yo’l chetida to’xtab turgan mashinaga urilib halokatga uchraydi.

Hodisa guvohlarining chaqiruvi bilan, mazkur joyga politsiya xodimlari yetib kelgan. O’tkazilgan tekshiruvlardan so’ng, sirlar fosh bo’lib, avtomobil o’g’irlangani aniqlangan. Jinoyatga qo’l urgan bola IIB xodimlari tomonidan qo’lga olingan hamda avtomobilning egasi kelib mashinasini olib ketgan.

To Top ↑
To Top ↑