Oʻzbekistonda 1 yilda salkam 1 million nafarga yaqin tugʻilish qayd etildi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2023-yilda respublika boʻyicha 961 962 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan. Quyida oylar kesimida tugʻilishlar soni keltirilgan:
- yanvarda – 76 211 nafar;
- fevralda – 64 879 nafar;
- martda – 73 948 nafar;
- aprelda – 65 787 nafar;
- mayda – 81 138 nafar;
- iyunda – 72 609 nafar;
- iyulda – 95 374 nafar;
- avgustda – 97 310 nafar;
- sentyabrda – 89 629 nafar;
- oktyabrda – 90 451 nafar;
- noyabrda – 80 088 nafar;
- dekabrda – 74 538 nafar.
Avvalroq 2024-yilning ilk kunida Oʻzbekistonda 1043 nafar chaqaloq tugʻilgani maʼlum qilingandi.