x

Jahon yangiliklari

Buyuk Britaniya hukumati mamlakatda bolalar bog’chalari xodimlari uchun 6,5 million funt sterling miqdorida mablag’ ajratmoqda. Bu bolalarga g’amxo’rlik qilish borasida olib borilayotgan islohotlarning bir qismi bo’lib, ushbu sohaga ko’proq odamlarni ishga yollash ko’zda tutilgan. 

Aprel oyidan boshlab yangi ishga qabul qilinganlar, mahalliy hokimiyatlarda o’tkaziladigan sinovlardan muvaffaqiyatli o’tgan hamda avvalgi yillardagi ish joyiga qaytgan bog’cha xodimlariga ish boshaganlaridan ko’p o’tmay 1000 funt sterling miqdorida maosh to’lanadi. 

Biroq, mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu ko’proq odam yollash kampaniyasi juda kech yo’lga qo’yildi va ajratilgan summa ayni vaziyatdagi ehtiyojlarni qoplash, islohotlarni qo’llab-quvvatlash uchun  “dengizdan bir tomchi”.

Rejalarga ko'ra, ikki yoshli bolalarning ishlaydigan ota-onalari aprel oyidan boshlab 15 soatlik bepul bola parvarishidan foydalanishlari mumkin bo'ladi. Bu sentyabr oyidan boshlab to'qqiz oydan oshgan barcha bolalarning ishlaydigan ota-onalariga tatbiq etiladi.

2025-yil sentabr oyidan boshlab besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning ishlaydigan ota-onalari haftasiga 30 soatlik bepul bola parvarishidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar.

To Top ↑
To Top ↑