x

Turkiyaning Bursa shahrida istiqomat qiluvchi oilaning 7 yoshli farzandi xavf ostida qoldi. Ahmet Eymen ismli ushbu bolakay uyda o’ynab yurgan vaqtida gilam ustida yotgan 50 sentlik tangani topib olib, og’ziga soladi va uni to’satdan yutib yuboradi. 

Qizilo’ngachga borib tiqilgan tanga bolaning ahvolini yomonlashtirgan. Voqeadan xabar topgan ota-ona darhol Ahmetni shahar shifoxonasiga olib borgan. Kasalxona shifokorlari o’tkazgan tekshiruvlardan so’ng, mazkur holat aniqlangach, yosh bemorning tomog’idagi tangani olib tashlash uchun Bursa ixtisoslashgan o’quv va tadqiqot kasalxonasiga yuborilgan. Voqea yuzasidan mamlakat politsiyasi tergov ishlarini boshladi.

To Top ↑
To Top ↑