x

Buxoro shahridagi 71-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchilarga berilishi kerak boʻlgan 12 kg pishirilgan goʻsht va 4 kg baliq oshpazlar yuvinish xonasidagi vannada yashirib qoʻyilgani aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda aytilishicha, ushbu holat ortidan Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi maktabgacha taʼlim tashkilotining xoʻjalik ishlari boʻyicha mudirini, bosh oshpazini, oshpazini, hamshira va uslubchisini ishdan olgan.

Biroq maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining rasmiy sahifalarida ushbu voqea yuzasidan axborot berilmagan.

To Top ↑
To Top ↑