Prezidentning tegishli farmoni (PF-24-son, 31.01.2024-yil) bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, 2024-yil 1-fevraldan quyidagi nafaqalar miqdori 621 ming so‘m etib belgilandi:
— zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga nafaqa;
— ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda;
— o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;
— boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa (keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 212 000 so‘m);
— boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.
Mazkur miqdorlar rasmiy eng kam iste’mol xarajatlaridan kelib chiqib belgilangan.