Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan farzandini urgan va qo`pol munosabatda bo`lgan erkakning ishi sudga topshirildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, holat Termiz shahrida sodir bo`lgan. Shaharning «Temiryo`lchi» mahallasida yashovchi 42 yoshli erkak 2024 yilning 28 yanvar kuni yashash uyida to`rt yoshli o`g`lini har kuni do`konga olib borishini va turli xil shirinlik va o`yinchoqlar olib berishini so`raganligi uchun qo`pol so`zlar bilan haqorat qilib, yengil tan jarohati yetkazgan.
Ushbu holat yuzasidan Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 41-moddasi (haqorat qilish) va 59-2 moddasi (oilaviy (maishiy) zo`ravonlik) moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan va to`plangan hujjatlar sudga yuborilgan.