Voqea Adana'ning markaziy "Yüreğir" tumanida sodir boʻlgan. Ma'lumotlarga ko'ra, "Karataş" ko'chasida yo'lni kesib o'tmoqchi boʻlgan Ammal Elmuheymidni ismi nomaʼlum boʻlgan mini avtobus haydovchisi urib qochib ketgan. YTX natijasida halok boʻlgan ushbu bolakay asli suriyalik bo'lgan.
Og'ir tan jarohati olgan bola 112-sonli Favqulodda Sog'liqni saqlash guruhi tomonidan shahar shifoxonasiga olib borilgan. Koʻrilgan choralarga qaramay marhumni qutqarib qolisholmadi.
Avtomashinani boshqarganini da'vo qilgan 3 nafar shaxs sud binosiga yuborilgan. U joydan 1 nafari hibsga olinib, qolganlari shartli ravishda ozod qilingan.
Sodir boʻlgan ushbu mudhish hodisa voqea joyi yaqinida joylashgan xavsizlik kamerasi tasvirlariga tushib qolgan.