x

Qozog’istonning Aqto’be shahrida sintetik giyohvand moddalarni tarqatishda gumon qilingan 9-sinf o’quvchisi qo’lga olindi. Uning yonidan 48 dona narkotik modda o’ramlari topilgan. Bu haqda Qozog’iston IIV Narkotik jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi. 

Unga ko’ra, mamlakatda bugungi kunda asosan voyaga yetmaganlar giyohvand moddalar savdosiga jalb qilinmoqda. Birgina o’tgan yilning o’zida 40 dan ortiq o’smir ana shunday jinoyat bilan qo’lga olingan. 2024-yil boshidayoq 4 nafar bola javobgarlikka tortilgan. Qozog’istonda narkotik savdosi bo’yicha jinoiy javobgarlik 14 yoshdan boshlab ko’zda tutilgan. Jazo muddati 10 yil muddatgacha etib belgilangan. 

Mas’ullar ota-onalar va o’qituvchilarni xushyorlikka chaqirib, bolalar vaqtini qayerda va qanday o’tkazayotgani, internetda nimalarga qiziqayotganini diqqat bilan kuzatishni zarurligini ta’kidladi.

To Top ↑
To Top ↑