Qozog’iston “Yo’lovchi tashish” AJ matbuot xizmati mamlakatda so’nggi uch yil ichida poyezdlarda qancha bola tug’ilgani haqida ma'lumot berdi. Kompaniya xabariga ko’ra, 2022-2024-yillarda poyezdlarda 11 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.
“So’nggi 3 yil davomida poyezd xodimlari ko’magi bilan yo’lovchi tashish poyezdlarida 11 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Ular haqidagi ma’lumotlar zudlik bilan stansiya navbatchilariga va eng yaqin vokzalga yetkazilgan hamda tez yordam chaqirilgan”, – deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.
Qozog’istonda so’nggi marotaba yanvar oyi boshida ham shunday holat yuz bergan edi. Aqto’bega ketayotgan poyezdda homilador ayol poyezd xodimlari yordami bilan qiz farzand dunyoga keltirgan.