Rossiyada aholi sonining barqaror tabiiy o’sishi uchun tug’ilish koeffitsienti har bir ayolda 2,1 bolani tashkil etishi zarur, dedi Rossiya Jamoatchilik palatasi, oila, bolalar va an’anaviy qadriyatlarni himoya qilish komissiyasi raisi S. Ribalchenko. Bayonotga ko’ra, bugungi kunda mamlakatdagi ko’rstakich 1,42 ni tashkil qilmoqda. Ushbu statistika yuqorilashi uchun 3 yoki undan ko’p bolali oilalar soni ko’payishi kerak, - deydi ekspert.
Ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdaki, 18 yoshgacha bo’lgan bolasi bor oilalarning 30% dan ortig’i ikkita, 9% dan ortig’i 3 yoki undan ko’p bolani tarbiyalamoqda.
Mehnat vazirligining ma’lum qilishicha, 8-10 yil ichida ko’p bolali oilalar soni 2 barobarga ortishi taxmin qilinmoqda.
Bugungi kunda, farzandli bo’layotgan qatlamning eng yosh qismi ham “to’qsoninchi yillar”da tug’ilganlar. Ya’ni, tug’ilishlarning yarmi 30 yoshdan oshgan ayollarga to’g’ri kelmoqda. Hozirda mamlakatda 13 milliondan ortiq rus ayollari bor.
Ribalchenko 2023-yilda tug’ilish darajasi pasayishda davom etganini ta’kidladi. O’tgan yilning yanvar-avgust oylarida Rossiyada 850 187 nafar bola tug’ilgan. Bu ko’rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 22 166 ta, ya’ni, 2,5% ga kam. Ma’lumot o’rnida, o’tgan yili O’zbekistonda 968 140 chaqaloq dunyoga kelgan.
Mas’ullarning ma’lum qilishicha, 2024-yil – “Oila yili” da asosiy e’tibor aholi sonini ko’paytirishga qaratiladi.
Eslatib o’tamiz, bundan biroz avval, Xitoy hukumati ham mamlakatdagi oilalardan ko’proq farzand ko’rishlarini so’ragan edi.